Vikiombor:„Viki yodgorliklarni sevadi — 2023“ Oʻzbekistonda/Ishtirok etish

This page is a translated version of a page Commons:Wiki Loves Monuments 2023 in Uzbekistan/Participate and the translation is 100% complete. Changes to the translation template, respectively the source language can be submitted through Commons:Wiki Loves Monuments 2023 in Uzbekistan/Participate and have to be approved by a translation administrator.
Viki yodgorliklarni sevadi Oʻzbekiston 2023 tanloviga xush kelibsiz!
Bosh sahifa Qoidalar Ishtirok etish Yuklangan suratlar Statistika Natijalar Xalqaro bosqich
Wiki Loves Monumental is the Uzbekistan Welcome start Wikipedia Loves is the and Welcome Uzbekistan Wikipedia
Demak, siz bizning tanlovimiz ishtirokchisiga aylanmoqchimisiz? Biz bundan mamnunmiz! ishtirok etish boʻyicha bir necha oddiy qadamlar:
  1. Oʻzbekistondagi madaniy meros obidalari roʻyxati bilan tanishing. Bu roʻyxatni mana bu yerda oʻzbek tilida koʻrishingiz mumkin.
  2. Roʻyxatdan suratga olish kerak boʻlgan obyektni tanlang. U siz yashaydigan joyga yaqin boʻlishi, siz ish safariga boradigan bino boʻlishi yoki sizning fikringizcha borish uchun qiziqarli joyda joylashgan boʻlishi mumkin.
  3. Oʻzingiz tanlagan obyektga boring, fotosuratlar oling! Qancha koʻp surat olsangiz, gʻalaba qozonish imkoniyatingiz shuncha ortadi. Lekin yodda tuting: Bu fototanlov va u madaniy meros obyekti haqida. Shu sababli imkon boricha yuqori sifatli tasvirlarni olishga harakat qiling va tanlov mavzusiga aloqasi boʻlmagan boshqa obyektlarning tasvirga kirib qolishining oldini oling.
  4. Yetarlicha tasvirga olganingizdan soʻng, roʻyxatni qayta oching va tegishli obyekt nomi oldidagi „Yuklash“ tugmasini bosing. Shundan soʻng oʻzingiz olgan suratlarni yuklang. Iltimos, yuklayotgan suratlaringizni Vikiombor talabi darajasida va tushunarli qilib nomlang, koordinatalar qoʻshing, „Chop etish“ tugmasini bosing. Shundan soʻng siz roʻyxatdagi boshqa madaniy meros obyektini suratga olishingiz mumkin!

Yana, siz avvalroq tushirilgan eski suratlaringizni ham yuklashingiz mumkin: balki siz roʻyxatimizdagi qaysidir obyektga avvalroq borib, u yerdan goʻzal suralarni olib kelgan boʻlishingiz mumkin. Yagona talab: Fotosuratni oʻzingiz olgan boʻlishingiz va tanlov davom etayotgan vaqtda Vikiomborga yuklagan boʻlishingiz kerak.

Agar tanlov haqida nimadir sizga tushunarsiz boʻlgan boʻlsa, siz mavjud qoidalar bilan tanishib chiqishingiz va munozara sahifasida savollar berishingiz mumkin. Biz savollaringizga javob berishdan gʻoyat xursand boʻlamiz. Omad tilaymiz, olgʻa!